Putin Qirg‘iziston fuqarolari uchun "migratsiya amnistiyasi" muddatini uzaytirdi

"Qirg‘iziston tomoni iltimosiga ko‘ra, amnistiya aprel oxiriga qadar uzaytirildi, bu esa mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar alohida xarakterga egaligi dalilidir", - dedi Putin.
Sputnik

TOShKENT, 28 mar - Sputnik. Rossiyada vaqtincha yashash rejimini buzgan Qirg‘iziston fuqarolari uchun migratsiya amnistiyasi muddati 2019-yil aprel oyiga qadar uzaytirildi.

Rossiya Qirg‘izistondagi aviabazasi uchun to‘lovni oshirdi

Bu haqda Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Rossiya-Qirg‘iziston muzokaralari yakunlari bo‘yicha bayonot berdi.

Rossiya yetakchisi, 2018-yil oktabrda Qirg‘iziston prezidenti iltimosi bilan migratsiya amnistiyasi o‘tkazilganini, shu tufayli Rossiyada vaqtincha yashash qoidalarini buzgan Qirg‘iziston respublikasining minglab fuqarolari vatanga chiqib, hech bir to‘siqsiz yana Rossiyaga qaytishga muvaffaq bo‘lganini, ular ma’muriy javobgarlikka tortilmaganliklarini eslatib o‘tdi.

Putin Qirg‘izistonni Rossiyaning strategik sherigi deb atadi.

"Qirg‘iziston tomoni iltimosiga ko‘ra, amnistiya aprel oxiriga qadar uzaytirildi, bu esa mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar alohida xarakterga egaligi dalilidir", - dedi Putin.