Jigunov: quruvchilik ishlari avj olgan O‘zbekiston uchun MAZ maxsus texnikasi juda zarur

MAZ kelajakda O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan maxsus texnikani Markaziy Osiyodagi qo‘shni davlatlarga eksport qilishni rejalashtirmoqda. Jigunovning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shni mamlakatlarda ham bu mashinalarga talab yuqori.
Sputnik

"Minsk avtomobil zavodi" rasmiy distribyutori va sho‘’ba korxonasi (BELAVTOMAZ xolding boshqaruv kompaniyasi ) —"MAZ-Toshkent" OAJ XK rahbari Valeriy Jigunov Sputnik xalqaro axborot agentligiga bergan intervyusida bugungi kunda Toshkentda qaysi turdagi texnika ishlab chiqarilayotgani va avtokonsern qanday maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ygani haqida so‘zladi.

Iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish sari: Mirziyoyev va Lukashenko ko‘rgazmaga tashrif buyurdi

Minsk avtozavodi mahsulotlari "O‘zekspomarkaz"da ochilgan xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida taqdim etildi. MAZ O‘zbekistondagi korxonada ishlab chiqarilgan maxsus texnikaning bir nechta modellarini namoyish etdi - bu avtokran, yoqilg‘i yetkazib beradigan maxsus texnika, shuningdek, 20 kubometrlik kuzov hajmiga ega bo‘lgan samosvaldir.

"Ushbu ishlab chiqarishni "O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasi"ni amalga oshirish doirasida boshlaganmiz. Biz maxsus texnikani ishlab chiqaruvchi KRANTAS zavodi bilan hamkorlikda ishlaymiz. Loyiha 2018-yilning sentabr oyida o‘tkazilgan MADE IN BELARUS ko‘rgazmasi yakuni bo‘yicha korxona bilan imzolangan bitimdan so‘ng O‘zbekiston prezidenti topshirig‘i asosida ishga tushirilgan. Barcha zarur sertifikatlarni oldik, ushbu modellarni joriy etdik va endilikda ommaviy ishlab chiqarishga o‘tamiz. O‘zbekistonda hozirda ko‘plab qurilishlar bo‘lmoqda - yo‘llar, turar-joylar barpo etilmoqda, shu bois, respublikada MAZ avtotexnikasiga talab kuchli bo‘ladi", - deya qayd etdi Jigunov.

Ishlab chiqarishning aniq hajmi borasidagi savolga javob berar ekan, Jigunov, raqamlarga keyinroq aniqlik kiritilishini aytdi. "Bu murakkab bo‘lgan mahsulotlardir, shu bois, ishlanmalarni sinchkovlik bilan hayotga tatbiq etish kerak", - dedi u.

MAZ kelajakda O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan maxsus texnikani Markaziy Osiyodagi qo‘shni davlatlarga eksport qilishni rejalashtirmoqda. Jigunovning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shni mamlakatlarda ham bu mashinalarga talab yuqori.

Belarus kompaniyasi rasmiy vakilining to‘liq izohini Sputnik O‘zbekiston muxbiri radiopodkastida rus tilida tinglashingiz mumkin.

Jigunov: quruvchilik ishlari avj olgan O‘zbekiston uchun MAZ maxsus texnikasi juda zarur