Venesuelada noma’lum shaxslar Guaidoga hujum uyushtirishdi

Venesuelaning muxolif parlamenti spikeri Xuan Guaidoga hujum uyushtirildi.
Sputnik

TOShKENT, 27 mar – Sputnik. Karakas shahrida noma’lum shaxslar Venesuela muxolif parlamenti rahbari Xuan Guaido avtomobiliga hujum uyushtirishdi.

RIA Novostining ma’lum qilishicha, siyosatchi ko‘chada o‘z mashinasida ketayotib, svetofor oldida to‘xtagan vaqtda uning oldiga noma’lum shaxs yugurib keladi. U mashina eshigini ochmoqchi bo‘lib, uni oyoqlari bilan tepa boshlaydi.

Rossiya harbiylarining Venesuelaga tashrifi maqsadi ma’lum qilindi

Transport vositasi joyidan qo‘zg‘alganda noma’lum shaxslar mashinaga qarata turli predmetlarni uloqtira boshlashadi.

21 yanvar kuni Venesuelaning muxolif parlamenti spikeri Xuan Guaido o‘zini vaqtinchalik prezident deb e’lon qilgan edi. AQSh va boshqa bir qator davlatlar Guaidoni tan olishdi. Rossiya, Xitoy va ayrim davlatlar esa Maduroni qo‘llab-quvvatlashda davom etishmoqda. O‘z navbatida AQSh Venesuelaning PDVSA - davlat neft-gaz kompaniyasiga nisbatan sanksiya e’lon qildi.

Prankerlar Guaidoni chuv tushirishdi