“Qaratau” arog‘ini noqonuniy sotishga urinish holati oldi olindi

Fuqaroning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, sotish maqsadida saqlab qo‘yilgan umumiy qiymati 233,9 mln. so‘mlik alkogol mahsulotlari mavjudligi aniqlandi.
Sputnik

TOShKENT, 27 mar – Sputnik. Departamentning Nukus shahar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Nukus shahri, E.Alako‘z ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib borayotgan 2 ta “DAMAS” rusumli avtomashinalar to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, fuqaro Q.Q hech qanday hujjatlarsiz 2844 shisha “Qaratau” nomli aroqlarni sotish maqsadida olib ketayotgani aniqlangan.

Sevgi maktubi: o‘zbekistonlik ayol 19-asrda yasalgan zargarlik buyumini olib chiqishga urindi

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, fuqaroning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, sotish maqsadida saqlab qo‘yilgan umumiy qiymati 233,9 mln. so‘mlik jami 19 687 shisha alkogol mahsulotlari mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan Q.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.