O‘zbekiston Malayziyaga bodom eksport qiladi

O‘zbek bodomi Malayziyaning Baraka Istithmar brendi savdo tarmog‘iga yetkazib beriladi.
Sputnik

TOShKENT, 27 mar – Sputnik. O‘zbekiston Malayziyaga bodom eksport qilishni yo‘lga qo‘yadi. Podrobno.uz xabariga asosan.

Meva-sabzavot mahsulotlarini eksporti yuzasidan qo‘yilgan cheklov bekor qilindi

Kuni kecha Namangan viloyatiga Baraka Istithmar savdo-sanoat kompaniyasi rahbari Abdullax Yusuf Al Kadxi tashrif buyurdi. U viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari va fermerlik xo‘jaligi rahbarlari bilan muzokara o‘tkazdi.

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston bodomini Malayziyaning Baraka Istithmar brendi savdo tarmog‘iga yetkazib berish bo‘yicha eksport shartnomasi imzolandi.

Shartnoma qiymati ikki million dollarni tashkil qildi.

Bundan avval Baraka Istithmar kompaniyasi Xorazm viloyatidan qurutilgan mevalarni Malaziyaga eksport qilishga kelishib olgandi.