Mirziyoyev fuqarolarni shaxsan qabul qilishi haqidagi xabar rad etildi

Xalq qabulxonasi vakili Sputnik muxbiriga ushbu xabar yolg‘on ekanligi haqida ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 27 mar - Sputnik. Ilgariroq mahalliy va xorijiy OAVlarda Toshkentda Shavkat Mirziyoyevning qabulxonasi ochilishi, u yerda prezident fuqarolarni shaxsan qabul qilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

O‘zbekistondagi mansabdorlar kutilmaganda xalq huzuriga kirib bordilar

Xalq qabulxonasi vakili Sputnik muxbiriga ushbu xabar yolg‘on ekanligi haqida ma’lum qildi.

"O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi Xalq qabulxonasi mudiri Baxtiyor Jamolov OAVlarga bunday ma’lumotni taqdim etmagan", - dedi suhbatdosh.

Eslatib o‘tamiz, tarqalgan xabarlarda prezident bilan uchrashuv Prezident xalq qabulxonasi Qoratosh va Furqat ko‘chalari kesishmasida joylashishi va 1-aprel kuni ochilishi aytilgan edi.