O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi davom etmoqda. Oliy mehmon sharafiga - Dubayda unikal keng ko‘lamli installyatsiya namoyish etildi.
Dunyodagi eng uzun - 828 metrlik osmono‘par bino - "Burj-Halifa" o‘zbek yetakchisi sharafiga O‘zbekiston bayrog‘i rangiga bo‘yaldi.
OAV, blogerlar va yo‘lovchilar ushbu noyob inshoot yonida suratga tushishmoqda. Garchi maxsus projektorlar yordamida hosil qilingan bo‘lsada, ammo bu tarixdagi eng ulkan O‘zbekiston bayrog‘idir.
Sputnik videosida ushbu noyob bayroqni tomosha qilishingiz mumkin.