Chirchiqda fojia: Yong‘in oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Chirchiq shahri “Bobur” MFY Mashar ko‘chasidagi uyda yong‘in sodir bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 27 mar - Sputnik. Chirchiqda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi.

Baxtsiz hodisa sirdaryolik erkakning umriga zomin bo‘ldi

O‘zbekiston IIV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasining xabar qilishicha, 2019-yilning 27-mart kuni Toshkent viloyati IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasining Kuch va vositalarini boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga Chirchiq shahri “Bobur” MFY Mashar ko‘chasidagi 17-uyda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga zudlikda 6 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb etilgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida 200 kv.metr maydonda 17-uyning tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan.

“Yong‘in jarayonida shu uyda yashagan 8 nafar oila a’zolaridan 4 nafari ya’ni, 33 yoshlik fuqaro B.R, uning rafiqasi hamda ikki nafar 8 va 12 yoshdagi farzandlari vafot etgan”, - deyiladi xabarda.

Chirchiqda fojia: Yong‘in oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Yong‘in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.