Boshni og‘ritmaydigan aroq paydo bo‘ldi - uni sotuvga tayyorlashmoqda

Mahsulotning sinov muddati hali yakuniga yetmagan, uni faqatgina laboratoriyada ta’tib ko‘rish mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Londonning Imperiya kolleji professori va Xammersmitsk shifoxonasi ilmiy xodimi Devid Natt ertasiga boshni og‘ritmaydigan alkogolni ixtiro qildi.

Pivo o‘ldiradi - olimlar ko‘pikli ichimlikning o‘ta xavfli zararini aniqladilar

Uning so‘zlariga ko‘ra, mahsulot savdoda yaqin besh yil ichida paydo bo‘ladi. Bunday aroq Alcarelle sintetik spirti asosida tayyorlanib, u mast bo‘lganlikni sezdiradi, biroq organizm intoksikatsiyasini vujudga keltirmaydi. Natt hozirda "unchalik yoqimli bo‘lmagan ta’m"dan xalos bo‘lish uchun faol ravishda izlanishlarini davom ettirmoqda.

Olim sintetik spirtni 1983-yildayoq yaratgan bo‘lib, o‘sha vaqtdan e’tiboran uni xavfsizlikka sinovdan o‘tkazib kelmoqda.

Mahsulotning sinov muddati hali yakuniga yetmagan, uni faqatgina laboratoriyada ta’tib ko‘rish mumkin.

Devid Natt "Jazavaga tushish ot minishdan ko‘ra xavfli emas". degan gaplari uchun o‘n yil oldin Britaniya hukumatining narkotik moddalarga qarshi kurash bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan haydalgan. U mashhur Lancet ilmiy tibbiy jurnaliga alkogol jamiyat uchun geroin yoki krekdan ko‘ra xavfliroq ekanini dalillovchi ma’lumotlarni taqdim etgan.