AQSh shifoxonasida birdaniga 9 nafar hamshira homilador bo‘ldi

Portlend shahrida mahalliy shifoxonaning tug‘ruqxonasi ishlayotgan to‘qqiz nafar hamshira bir vaqtning o‘zida homilador bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 27 mar – Sputnik. AQShning Portlend shahrida mahalliy shifoxonaning tug‘ruqxonasi ishlayotgan to‘qqiz nafar hamshira bir vaqtning o‘zida homilador bo‘ldi. Bu haqda Maine Health tibbiyot markazi xabar qildi.

Ayollar apreldan iyulgacha tug‘ishi kerak.

Maine Health ma’lumotiga ko‘ra, hamshiralarning ba’zilari birinchi marta ona bo‘lmaydi.

Ammo ular birgalikdagi ish tajribasi, tug‘ruqxonada ishlashi ularga foyda keltiradi, deb hisoblaydi.