O‘zbekistonda o‘qituvchilar oyligi 1000 dollarga yetkaziladi

“O‘qituvchilarning jamiyatdagi nufuzini oshirish bilan bog‘liq muammolar va ularning yechimlari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Sputnik

TOShKENT, 26 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Xalq ta’limi vazirligi mutasaddilari ishtirokida “O‘qituvchilarning jamiyatdagi nufuzini oshirish bilan bog‘liq muammolar va ularning yechimlari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Shermatovning so‘nggi ogohlantirishini Nurafshon XTB eshitmaganga olmoqda

“Xalq so‘zi” nashrining ma’lum qilishicha, unda xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov so‘zga chiqib, jamiyatda o‘qituvchining maqomini yuksaltirish, mavqeyini oshirish, ijtimoiy ta’minlanganlik darajasini ko‘tarish, o‘qituvchini o‘z xizmat vazifasidan tashqari ishlardan ozod qilish singari sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar xususida aytib o‘tdi.

“Vaqti kelib, jamiyatda o‘qituvchining mavqeyi bundan ham yuksaladi. Prezidentimiz har bir videoselektorda o‘qituvchilar haqida albatta gapirib o‘tadilar, “Ularning oyligini 1000 dollarga chiqarmaguncha to‘xtamaymiz”, deb ko‘p aytadilar. Nasib qilsa, albatta, shu darajaga boramiz”, dedi Sherzod Shermatov.