“Utopiya” klubidagi tartibsizliklar haqidagi xabarlar bo‘rttirilgan” – IIBB rasmiy bayonoti

Toshkent shahar IIBB Sergeli tumanidagi “Utopiya” tungi klubidagi tartibsizliklar bo‘yicha xabarlarga izoh berdi.
Sputnik

TOShKENT, 26 mar — Sputnik. Toshkent shahar IIBB Sergeli tumanidagi “Utopiya” tungi klubidagi tartibsizliklar bo‘yicha xabarlarga izoh berdi.

Tungi klub, restoran va kafelarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari tayyorlandi

Internet tarmog‘ida shaharning ko‘ngilochar muassasalaridan birida bir necha kishi mushtlashgani tasvirlargan video keng tarqalgan. Ta’kidlanishicha, hodisa 3-mart kuni Sergeli tumanidagi “Utopiya” tungi klubida soat 2:00lar atrofida sodir bo‘lgan va bu mushtlashuvda o‘nlab yigitlar ishtirok etgan.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ichki ishlar organlariga 3-mart kuni ham, undan keyin ham ko‘ngilochar maskanlarda tartibsizliklar sodir bo‘lgani haqida hech qanday xabar kelib tushmagan. Videoda tasvirlangan mushtlashuv oqibatida jabrlangan shaxslar haqida ham xabar mavjud emas.

Shunga qaramasdan IIBB ushbu videoyozuv qayerda va qachon tasvirga tushirilganini aniqlashtirish hamda tafsilotlarni bilish maqsadida tekshiruv boshlangan.