O‘zbekiston FVV uch kun sel kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi

2019 yil 27-30 mart kunlari respublikaning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.
Sputnik

TOShKENT, 26 mar – Sputnik. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi sel kelishi xavfi haqida ogohlantirdi.

Xabarda aytilishicha, 2019-yil 27-30 mart kunlari respublikaning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.

“Tog‘ va tog‘oldi hududlarida yashovchi aholi diqqatiga! Ehtiyot choralarini ko‘rishingizni, hamda avariya va boshqa noxush holatlar vujudga kelganda, FVVning 10-50 raqamiga murojaat etishingizni iltimos qilamiz”, - deyiladi FVV axborotida.