Nurmagomedov Makgregorning “pensiyaga ketishi” haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi

Irlandiyalik aralash yakkurash jangchisi Konor Makgregor 26-mart kuni “pensiyaga ketish” istagini e’lon qildi va o‘ziga yoqimli “Pina kolada” tiladi.
Sputnik

TOShKENT, 26 mar – Sputnik. Yengil vazn bo‘yicha UFC chempioni Habib Nurmagomedov Twitterda Makgregorning “pensiyaga ketishi” haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi.

OAV: Habib Nurmagomedov sentabrda jang o‘tkazadi

O‘tgan yili Makgregor yengil vazn chempionlik kamari uchun bellashuvda rossiyalik Nurmagomedovga mag‘lub bo‘lgandi.

“Junglida faqat bitta qirol bo‘lishi mumkin. Faqat bitta”, - deb yozgan Habib Nurmagomedov.

Irlandiyalik jangchi Konor Makgregor 26-mart kuni aralash yakkurash sportidagi faoliyatini yakunlagani haqida ma’lum qildi.

Konor Makgregor – UFCning ikki vazn toifasida sobiq chempion. MMAda 25 ta jang qilib, ulardan 21-marta g‘alaba qozongan va 4-marta mag‘lubiyatga uchragan.

Birinchi UFC chempionlik unvonini 2015-yilda qo‘lga kiritgan.