Musulmonlar masjiddagi otishma videosi uchun Facebook va YouTube ustidan shikoyat qilishdi

Fransiya musulmonlar kengashining vakillari Yangi Zelandiya masjidlarida sodir bo‘lgan otishma videolarini internetda tarqatish holatini terrorizmga undash deya baholashmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 26 mar – Sputnik. Franitsiya musulmonlar kengashi (CFCM) Yangi Zelandiya Kraysterch shahrida masjiddagi otishma video tarqatilganligi uchun Facebook va YouTube ustidan shikoyat qilishdi. Bu haqda France Info xabar qildi.

Facebook Yangi Zelandiya terakti aks etgan video tarqalishini oldini oldi

Shikoyat Fransiya prokuroriga yo‘naltirildi.  

Musulmonlar kengashi terrorizmga undash yoki inson qadr-qimmatiga zarar yetkazadigan zo‘ravon xabarlarni tarqatilishidan shikoyat qildi.

Eslatib o‘tamiz, 15-mart kuni Yangi Zelandiyaning Kraystchorch shahri masjidlarida bo‘lib o‘tgan teraktda 50 kishi qurbon bo‘ldi, yana 50dan ortiq kishi jarohatlandi.

Terrorchilar o‘z harakatlarini Facebookda translyatsiya qilishgan.