O‘zbekiston prezidenti BAA Bosh vaziri o‘rinbosari bilan muzokaralar o‘tkazdi

Ayni damda O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevning BAAga rasmiy tashrifi davom etmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 25 mar – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabi shahrida Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayonni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Bu borada o‘zaro tajriba almashish, delegatsiyalar tashrifini tashkil etish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

O‘zbekiston prezidenti BAA Bosh vaziri o‘rinbosari bilan muzokaralar o‘tkazdi

Ayni damda O‘zbekiston rahbarining BAAga rasmiy tashrifi davom etmoqda. Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabi shahridagi Shayx Zoid bin Sulton Ol Nahayon maqbarasi hamda masjidini ziyorat qilib, “Vahat al-Karama” yodgorligiga gulchambar qo‘ydi.