TOShKENT, 25 mar – Sputnik. Afrika va Osiyo mamlakatlari instituti professori, sharqshunos Vladimir Isayev Sputnik O‘zbekiston radiosi interyusida Toshkent va Abu-Dabi o‘rtasida qaysi sohalarda hamkorlik qilish istiqbolli va BAAning Markaziy Osiyoga sarmoya kiritishi nima sababdan foydali ekanligi haqida so‘z yuritdi.
Sharqshunosning so‘zlariga ko‘ra, BAA yangi sotish bozorini izlashdan, jumladan, ularning kapitallari ishlashidan manfaatdor.
“BAA birinchi navbatda O‘zbekistonning neft-gaz sohasidagi investitsiyalardan manfaatdor. Hozirda mamlakatning gazni, masalan, Xitoyga, Tojikistonga, o‘tkazish va eksport qilish uchun yetarli darajada qudrati yo‘q. BAAning esa bu kabi loyihalarni amalga oshirish uchun yetarli mablag‘i va texnologiyalari mavjud. Bundan tashqari, Abu-Dabini to‘qimachilik sohasi, sifatli xom-ashyoni qayta ishlash uchun o‘zbek korxonalarini modernizatsiya qilish qiziqtiradi”, - dedi Isayev.
Shuningdek, professor BAAga turizm sohasida hamda turistlarni tashishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish foydali ekanligini ta’kidladi.
“Gap nafaqat o‘zbekistonliklarning BAAga tashrifi va aksincha – arablarning MOga tashrifi, balki bu mamlakatning O‘zbekiston bilan aviakompaniya sohasida hamkorligi istiqbollari haqida ham boradi. Xususan, Arab Amirliklari musulmonlarning ziyorat joylarga borishlari uchun qulay joyda joylashgan, shuning uchun bu turdagi turizm yaxshi istiqbollarga ega”. – dedi sharqshunos.
Sharqshunosning to‘liq fikrini Sputnik O‘zbekistan radiokastida tinglashingiz mumkin.