O‘zbek jangchisi Moskvada migrantlar o‘rtasidagi turnirda g‘olib bo‘ldi

Turnir VDNXda Navro‘z ayyomini nishonlash doirasida bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 10 ta mamlakatdan bo‘lgan 12 nafar jangchi ishtirok etdi.
Sputnik

TOShKENT, 25 mar — Sputnik. O‘zbekistonlik jangchi Muslim Omonov Moskvada aralash yakkakurash bo‘yicha FFC-2 musobaqasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ushbu sport musobaqasi Rossiya migrantlar federatsiyasi shafeligida o‘tkazildi.

O‘zbek jangchisi Moskvada migrantlar o‘rtasidagi turnirda g‘olib bo‘ldi

Muslim Omonov jang finalida 77 kilogrammgacha vazn toifasida turkmanistonlik raqibi Jamshed Atayevni nokautga uchratdi.