Qozondan Sochiga uchayotgan samolyotni yashin urdi

Zamonaviy samolyotlarni yashin urishi - ularga jiddiy xavf tug‘dirmaydi, dedi aviakompaniya vakili.
Sputnik

TOShKENT, 25 mar – Sputnik. “Pobeda” aviakompaniyasining Qozon shahridan Sochiga uchayotgan samolyotni yashin urdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Sochi shahar aeroporti xabariga asosan.

Yo‘lovchi samolyotni yashin urdi

“Sochi aeroportidan 35 km masofada “Pobeda” aviakompaniyasining qo‘nishga tayyorlanayotgan samolyotini yashin urdi. Sochi aeroportida samolyotni texnik mutaxassislar ko‘zdan kechirganidan so‘ng, u o‘zining doimiy aeroporti bo‘lgan Vnukovoga yo‘lovchilarsiz parvoz qildi”, - deyilgan xabarda.  

Moskvaga ushbu samolyotda uchishi kerak bo‘lgan yo‘lovchilar uchun boshqa samolyot taqdim etildi.

“Zamonaviy samolyotlarni yashin urishi - jiddiy xavf tug‘dirmaydi. Hozir samolyot beligilangan tartibda texnik ko‘rikdan o‘tmoqda. Barcha mijozlar Sochidan Moskvaga boshqa parvozlar bilan olib kelindi”, - deyilgan aviakompaniya xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning iyul oyida Air Moldovaning Kishinevdan Sankt-Peterburgga uchayotgan samolyotin ham yashin urgan edi. O‘shanda ichida 113 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot, jiddiy nosozlik kuzatilmagan bo‘lsada, aeroportga qaytishga qaror qilgan edi.