Yangi ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar EKIH 4 baravar miqdoridagi pul mukofotini oladi

Hukumat qarori bilan “Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
Sputnik

TOShKENT, 25 mar – Sputnik. Hukumat qarori bilan “Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Nizomga muvofiq, ko‘krak nishoni bilan davlat organlari xodimlari aholining huquqiy savodxonligini oshirishdagi xizmatlari uchun taqdirlanadi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali orqali xabar qilindi.

Nizomga ko‘ra, davlat organlari o‘z xodimlarini ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarni har yili 1-oktabrga kadar adliya organlariga taqdim etishi lozim.

Adliya vazirligida nomzodlar bo‘yicha hujjatlar o‘rganilib, har yili 20-noyabrga qadar eng munosib nomzodlar bo‘yicha yakuniy xulosa chiqariladi.

Yangi ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar EKIH 4 baravar miqdoridagi pul mukofotini oladi

Ko‘krak nishoni Konstitutsiya kuni arafasida adliya vaziri tomonidan tantanali ravishda topshiriladi.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining 4 baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladi, deyiladi xabarda.