Yaltada 10 nafar O‘zbekiston fuqarosi zaharlandi

Zaharlangan shaxslar Yalta shahridagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi.
Sputnik

TOShKENT, 25 mar – Sputnik. Yaltada tug‘ilgan kunni nishonlash vaqtida zaharlangan O‘zbekistonning 10 nafar fuqarosi kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda shahar ma’muriyati rahbari Aleksey Chelpanov RIA Qrim agentligiga xabar qildi.

Qozog‘istonda 45 kishi gazdan zaharlandi, aksariyati maktab o‘quvchilaridir

“Zori Rossii” sanatoriyasi yaqinida obyekt qurilishi bilan shug‘ullangan O‘zbekiston fuqarolari tug‘ilgan kunni nishonlashgan va tez ayniydigan mahsulotlarni iste’mol qilishgan. 10 nafar kishi zaharlandi. Bu maishiy holat bo‘lib, tizimli xarakterga ega emas”, - deb ta’kidladi Yalta meri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, zaharlangan shaxslar sanatoriy ishchilari emas.

"“Zori Rossii” qishki davrda sanatoriya ta’minotini saqlab turishga harakat qilmoqda, shuning uchun boshqa obyektlar qurilishida ishlovchi O‘zbekistonning 600 nafar fuqarosiga xonalar taqdim etdi”, - deya qo‘shimcha qildi  Aleksey Chelpanov. 

Zaharlangan shaxslar Yalta shahridagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi.