Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga jo‘nab ketdi

Prezident tashrifi yakunida O‘zbekiston va BAA orasida investitsiyalar, moliya, qishloq xo‘jaligi, bojxona va mehnat resurslari sohalarda hamkorlik haqida kelishuvlar imzolash ko‘zda tutilgan. 
Sputnik

TOShKENT, 24 mar - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev BAAga jo‘nab ketdi, bu haqida prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.   

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 24-mart kuni rasmiy tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti - Abu-Dabi shahriga jo‘nab ketdi", - deyilgan xabarda.

Tashrif doirasida O‘zbekiston prezidenti BAA Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon hamda BAA vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan uchrashuv o‘tkazishi hamda “Masdar-siti” texnoparki va boshqa qator sanoat, ijtimoiy obyektlarga tashrif buyurishi rejalashtirilgan. 

Tashrif yakunida BAA va O‘zbekiston o‘rtasida Qo‘shma bayonot qabul qilish, investitsiyalar, moliya, qishloq xo‘jaligi, bojxona ma’muriyatchiligi, mehnat resurslari va boshqa sohalardagi hamkorlikka oid kelishuvlar imzolash ko‘zda tutilgan.