Sambo bo‘yicha jahon kubogida O‘zbekiston 2 o‘rinni egalladi

O‘zbekiston sambo jamoasi Moskvada bo‘lib o‘tgan jahon kubogida jangovar sambo bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi.
Sputnik

TOShKENT, 24 mar – Sputnik.Moskvadagi “Lujniki” sport saroyida bo‘lib o‘tgan jahon kubogida O‘zbekiston sambo jamoasi 2ta oltin,  6ta kumush va  5ta bronza medal bilan  ikkinchi o‘rinni egalladi, deb xabar qilmoqda Olimpiya qo‘mitasi.  

“Zarnigor O‘rmonova (56 kg), Sherzod Rasulov (62 kg, jangovor sambo), Ne’mat Yoqubov (90 kg, jangovor sambo), Istam Qudratov (74 kg, jangovor sambo), Hakimjon Ismoilov (+100 kg, jangovor sambo) kumush medal qo‘lga kiritgan bo‘lsalar, Abbos Jalolov (74 kg) va Ikrom Abdukarimov (52 kg, jangovor sambo) bronza medali egalasiga aylanishdi”, - deyilgan xabarda.

Sambo asoschisi Anatoliy Xarlampiyev xotirasiga bag‘ishlangan ushbu sambo musobaqasi 1980-yildan buyon ana’naviy ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Bu yilgi musobaqalarda 33 mamlkatdan 250 nafar sportchilar jamlanishdi. Musobaqalar samboning ikki turi - Sport sambosi va jangovar sambo bo‘yicha bo‘lib o‘tdi. Rossiya jamoasi 19ta oltin medal bilan ikkala guruhda ham yetakchilik qildi.