TOShKENT, 24 mar – Sputnik. Toshkentda Navro‘zga bag‘ishlab o‘tkazilgan 21 kilometr masofaga yugurish bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro yarim marafonda Xitoylik Li Yang g‘olib chiqdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Marafondan so‘ng Sputnik muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda xitoylik sportchi O‘zbekiston ob havosi va mehmondo‘stligi unga juda yoqqanini aytib o‘tdi.
"O‘zbekiston juda mexmondust ekan. Bu mening chet eldagi birinchi yarim marafonim. O‘zbekistonda ob-havo marafon uchun juda mos tushdi, bizga ob-havo xam yordam berdi deyish mumkin. Yana uzbekistonga albatta kelaman", - dedi Li Yang.
Ikkinchi o‘rinda qirg‘izistonlik Adilet Kishtabekov masofani yakunladi.
O‘zbekistonlik Andrey Petrov esa uchinchi o‘rinni egalladi.
Ushbu marafon O‘zbekistonda Navro‘z bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilgan birinchi xalqaro yarim marafon bo‘ldi. Unda 2 500 kishi ishtirok etdi. Marafonda imkoniyati cheklangan kishilar ham ishtirok etdi.
Ushbu yirik tadbir chog‘ida ishtirokchilar va muxlislar xavfsizligini ta’minlash maqsadida Toshkent shahrining bir necha ko‘chalarida vaqtincha harakat cheklandi.
Navro‘zga bag‘ishlangan marafonda tayyorlagan maxsus fotolavhamizni quyida tomosha qiling.