TOShKENT, 24 mar – Sputnik. Toshkentda Navro‘zga bag‘ishlab o‘tkazilgan 5 kilometrlik xalqaro yarim marafon g‘oliblari ma’lum bo‘ldi deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, erkaklar o‘rtasidagi bahsda Otabek Toshquvvatov marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tdi. Qizlar o‘rtasida esa Azizaxon Mirzaakbarovaga teng keladigani topilmadi.
G‘oliblar shohsupasi quyidagicha bo‘ldi:
“Navro‘z” marafoni. 5 km, erkaklar:
1. Otabek Toshquvvatov – 16:41
2. Humoyun Mahkamov – 16:54
3. Xurshid Ahmadaliyev – 16:57
“Navro‘z” marafoni. 5 km, qizlar:
1. Azizaxon Mirzaakbarova – 18:56
2. Shohsanam Xurramova – 19:03
3. Marjona Baratova – 19:19
Marafonda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov va boshqa mansabdor shaxslar ham ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkentda Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan 21 kilometrlik asosiy marafon ham bo‘lib o‘tadi.