O‘zbekcha lezginka: Peterburgda Navro‘z ayyomi qanday nishonlandi

Sputnik O‘zbekiston muxbiri Peterburgdagi O‘zbek yoshlari hamkorligi tomonidan tashkil etilgan Navro‘z ayyomiga tashrif buyurdi.
Sputnik

TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Dmitriy Matveyev. 21 martdan 22-martga o‘tar kechasi Sankt-Peterburgda Torjkovskaya ko‘chasida joylashgan “Xo‘ja Nasriddin” kafesida o‘zbekistonlik talabalar Navro‘z bayramini nishonlashdi.

Tadbirga yuzdan ortiq kishi tashrif buyurdi. Bu nafaqat o‘zbek yoshlari, balki boshqa millat vakillari ham edi. Navro‘z ayyomini nishonlash uchun Tojikiston yoshlari tashkiloti vakillari, Ozarbayjondan mehmonlar va shaharda istiqomat qiluvchi boshqa millat vakillari kelishdi.

O‘zbekcha lezginka: Peterburgda Navro‘z ayyomi qanday nishonlandi

Hamkorlik raisi Ne’matjon Mamadjanovning ma’lum qilishicha, u ushbu bayramni birinchi navbatda Peterburgda tahsil olayotgan yoshlarga milliy an’analarni yetkazish maqsadida tashkillashtirmoqda. U Navro‘z ayyomi Neva sohillarida to‘rtincha marta keng nishonlashmoqda.

“Asosan yoshlar sumalak tayyorlashadi. Yoshi ulug‘ ayollar esa bu jarayonni nazorat qilib turishadi. Shu yo‘sinda katta avlod yosh avlodga sumalak tayyorlash sirlarini o‘rgatishadi”, - dedi Mamadjonov.

O‘zbekcha lezginka: Peterburgda Navro‘z ayyomi qanday nishonlandi

Talabalar kafe yonida joylashgan  Torjkovskiy bozorida qozon o‘rnatishdi. Ular milliy an’analarga rioya qilishga harakat qilishdi, chunki sumalak toza va ochiq havoda tayyorlanishi lozim.

O‘zbekcha lezginka: Peterburgda Navro‘z ayyomi qanday nishonlandi

O‘zbekona milliy shirinlik tayyorlanayotgan vaqtda hovlida yoqimli musiqa sadolar yangrardi. Bir vaqtning o‘zida kafeda bayram shodiyonalarini boshlab yuborildi. O‘zbekistonlik talabalar zamonaviy ommabop qo‘shiq sadolari ostida sho‘x raqs ijro etdilar. Ularning bu raqslariga boshqalar tezda qo‘shilishdi. Ayyomga tashrif buyurgan mehmonlarga turli shirinliklar va mashhur o‘zbek oshini tatib ko‘rish taklif qilishdi.

Navro‘z bayramiga taklif qilingan boshqa millat vakillari ayyomni haqiqiy shouga aylantirib yuborishdi. Masalan, ozarbayjonlik talabalar mashhur kavkazcha lezginka raqsni ijro etishdi.