Toshkent shahar IIBB YHXB boshlig‘i tayinlandi

Yangi boshliq ilgari YPX brigadasi maxsus divizioni qo‘mondoni lavozimida ishlagan.
Sputnik

TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Rafiqjon Jalilov Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

“O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan podpolkovnik Rafiqjon Qo‘ldoshevich Jalilov Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi”,  -deyiladi xabarda.

Toshkent shahar IIBB YHXB boshlig‘i tayinlandi

IIBB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu lavozimga tayinlangunga qadar podpolkovnik R.Jalilov Toshkent shahar IIBB YHXB YPX brigadasi maxsus divizioni qo‘mondoni lavozimida ishlagan.