Shavkat Mirziyoyev Iroq xalqi va prezidentiga ta’ziya bildirdi

Iroqdagi Tigr darosida parom cho‘kib ketdi. Parom bortida 250 nafargacha kishi bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Iroq xalqi va prezidentiga ta’ziya bildirdi

Iroqda turistik parom ag‘darilib ketdi – 45 kishi halok bo‘ldi

Davlat rahbari matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Shavkat Mirziyoyev Tigr darosida parom cho‘kishi oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Iroq prezidenti Barham Ahmad Solihga samimiy hamdardlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Iroqdagi Tigr darosida parom cho‘kib ketdi. Parom bortida 250 gacha kishi bo‘lgan bo‘lishi mumkin. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, halokat oqibatida halok bo‘lganlar soni 85 nafargacha yetgan.

OAV paromning cho‘kishiga unga meyoridan 3-marta ko‘p yuklangani sabab bo‘lgani haqida yozishmoqda.