Xitoyda ommaviy evakuatsiya: kimyo zavodidagi portlash oqibatida 47 kishi qurbon bo‘ldi

Xitoyda kimyo zavodida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 47 kishi halok bo‘ldi, 640 kishi jabrlandi.
Sputnik

TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Xitoyda kimyo zavodida sodir bo‘lgan portlash oqibatida to‘rt mingga yaqin kishi evakuatsiya qilindi.

RIA Novostining mahalliy ma’muriyatga tayanib ma’lum qilishicha, hukumat tashkilotning uch mingga yaqin ishchisi va mingga yaqin mahalliy aholini evakuatsiya qilgan.

Iroqda turistik parom ag‘darilib ketdi – 45 kishi halok bo‘ldi

Favqulodda hodisa sodir bo‘lgan hududdagi maktab va bolalar bog‘chasida mashg‘ulotlar to‘xtatilgan.

Portlash payshanba kuni Xitoyning “Chenszagan” kimoviy sanoat bog‘idagi “Tanszai” kimyo zavodida yuz berdi.

Portlash shunchalik kuchli bo‘lganki, Xitoy seysmik agentligi portlash yuz bergan joy yaqinidagi hududlarda 2,2 magnitudali va o‘chog‘i 0 metrda joylashgan zilzilani qayd qilgan.

So‘nggi ma’lumatlarga qaraganda, 47 kishi halok bo‘lgan, 640 kishi tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan, ulardan 90 kishi og‘ir jarohat olgan.

Xitoy Xalq respublikasi raisi Si Szinpin odamlarni qutqarish va xavfni bartaraf etish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishni buyurdi.