Navro‘z dunyo bo‘ylab keng nishonlanmoqda: o‘rgimchak odam, panklar va mushukchalar

Bugun Sharqona Yangi yil – Navro‘zi olam dunyoning turli burchaklarida nishonlanmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 21 mar - Sputnik. Erta tongdan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bayram munosabati bilan bir-birlariga ezgu tilaklarini izhor etishmoqda. O‘zlarining internetdagi sahifalarida surat va videolar bilan o‘rtoqlashmoqdalar. Sputnik O‘zbekiston siz uchun ularning eng  qiziq va ajoyiblarini to‘pladi.

Bozorlarda erta tongdan bayram shodiyonalari boshlandi. Bozorga tashrif buyuruvchilarni milliy libosda va karnay-surnay sadolari ostida kutib olishdi.

Ba’zi foydalanuvchilar bayram mavzusiga bag‘ishlangan o‘z ijodlari bilan o‘rtoqlashishga qaror qilishdi.

Navro‘z dunyo bo‘ylab keng nishonlanmoqda: o‘rgimchak odam, panklar va mushukchalar

Ayrimlar sumalakning betakror ta’mini o‘ziga xos ravishda ko‘rsatishga urinishdi. Ular Golluvud filmlari va komiks qahramonlarining sumalak uchun olib borgan kurashini rasmlarda ifodalashdi.

Hech qanday ayyom o‘zbekning shirin nonlarisiz o‘tmaydi. Mazali non ta’mi hech kimnr befarq qoldirmaydi. To‘rt oyoqli jonivorlar ham bu mazali ta’mni totib ko‘rishga jazm etadi.

Darhaqiqat Navro‘z dunyoning turli burchaklarida nishonlanadi. Quyida Navro‘zga bag‘ishlangan videolarni tomosha qilishingiz mumkin.