O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasida Navro‘z ayyomi tantanali ravishda nishonlandi. Ushbu bayramga nafaqat dipmissiya xodimlari oilalari bilan, balki faol talabalar va qator vatandoshlar taklif qilindi.
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov mehmonlarni bu ulug‘ bahor bayrami, tabiat yangilanishi ayyomi, yangi yil, yangi kun elchisi bilan qutladi. U Navro‘z bayrami yaqinda YuNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilganini eslatib o‘tdi.
Elchixonadagi Navro‘z bayramining yorqin suratlarini Sputnik fotojamlanmasida tomosha qiling.