TOShKENT, 21 mar - Sputnik. Xonanda Sevara Nazarxon Qo‘qon xoni Xudoyorxon avlodidan ekanligi haqida xabar tarqaldi.
"Xudoyorxon saroyi haqida muxtasar ma’lumot. Majmua XIX asrda qurilgan bo‘lib, bugungi kungacha 114 ta xonaning 19 tasi saqlanib qolingan. Bugun nafaqat Xudoyorxon saroyi saqlanib qolingan, balki uning avlodlari ham O‘zbekistonda yashamoqda. Xalqimizning sevimli xonandasi Sevara Nazarxon ham Xudoyorxonning sakkizinchi avlodi hisoblanadi", - deyiladi "Zarafshon" gazetasi tarqatgan xabarda.
Ayni vaqtda ushbu tarixiy maskan, uning atrofida barpo etilayotgan xalqaro hunarmandchilik festivalini o‘tkazish uchun ishlar olib borilmoqda, shaharda obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.