TOShKENT, 21 mar - Sputnik. Islom Karimov fondi 1993-yilda Navro‘z bayrami nishonlangani aks etgan videoni ommaga e’lon qildi.
Video Mustaqillik e’lon qilingandan so‘ng oradan bir yarim yil o‘tgach, Toshkentdagi Xalqlar do‘stligi maydonida bo‘lib o‘tgan.
"Islom Karimov sobiq ittifoq mamlakatlari rahbarlari orasida, SSSR mavjud bo‘lgan vaqtda birinchilardan bo‘lib Navro‘zni davlat bayrami sifatida e’lon qilgan yetakchidir. O‘zSSR prezidentining 1990 yil 3-maydagi farmoni bilan Navro‘z umumxalq bayrami, 21-mart esa - dam olish kuni sifatida e’lon qilingan", - deya yodgan olgan fond.