Iroqda turistik parom ag‘darilib ketdi – 45 kishi halok bo‘ldi

Aksariyat yo‘lovchilar bolalar va ularning ota-onalari ekanligi aytilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 21 mar - Sputnik. Iroqda “al-Jazira” turistik parom ag‘darilib ketdi. Bu haqda RIA Novosti o‘z manbasiga tayanib xabar qilmoqda.

Xabarda qayd etilishicha, parom bortida o‘nlab kishilar bo‘lgan. Hozirda 45 kishi qurbon bo‘lgani ma’lum.

Fojia Mo‘sulning al-Gabat tumanida sodir bo‘ldi. Aksariyat yo‘lovchilar bolalar va ularning ota-onalari ekanligi aytilmoqda.

Ayni damda qidiruv va qutqaruv ishlari olib borilmoqda.