Qozog‘iston parlamenti Ostona nomini Nursultonga o‘zgartirishni ma’qulladi

Qozog‘iston poytaxti Ostona shahri nomi Nursulton deb o‘zgartirildi.
Sputnik

TOShKENT, 20 mar - Sputnik. Qozog‘iston poytaxti Ostona shahri nomi Nursulton deb o‘zgartirildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Xabarda qayd etilishicha, Qozog‘iston parlamenti deputatlari ikkinchi o‘qishda konstitutsiyaga poytaxt nomini birinchi prezident Nursulton Nazarboyev sharafiga tuzatish kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilishdi.

“Tarixiy qaror qabul qilindi”, - dedi Qozog‘iston parlamenti deputati Nurlan Nigmatulin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston prezidenti lavozimiga kirishgan Qosim-Jomart Tokayev Qozog‘iston poytaxti Ostona shahri nomini Nursultonga o‘zgartirish taklifini kiritgan edi.