Rossiyada "Hyundai"ni o‘g‘irlagan shaxs O‘zbekiston chegarasida qo‘lga tushdi

Holat yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligiga xabar berilgan.
Sputnik

TOShKENT, 20 mar - Sputnik. Rossiya Federatsiyasida o‘g‘irlangan avtomashina "G‘isht-Ko‘prik" bojxona chegara postida to‘xtatib qolindi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.

Xabarda aytilishicha, 2019-yil 1-mart kuni Davlat Bojxona qo‘mitasi xodimlari  tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Toshkent tumanidagi "G‘isht-Ko‘prik" bojxona chegara postida "Hyundai Solaris" rusumli avtomashina to‘xtatib tekshirilgan.

Ushbu avtomashina Rossiya Federatsiyasidan o‘g‘irlanganligi aniqlangan va avtomashinani boshqarib ketayotgan A.G‘. qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligiga xabar berilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.