Nazarbayev iste’fosidan so‘ng Olma-Ota banklarida dollar tugab qoldi

Nursulton Nazarbayev ist’fosidan so‘ng Qozog‘istonda dollar almashtirish hajmi keskin oshdi.
Sputnik

TOShKENT, 20 mar – Sputnik. Nursulton Nazarbayev iste’fosidan so‘ng Qozog‘istonda xorijiy valyuta sotib olish hajmi keskin oshdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qozog‘iston.

Qozog‘iston prezidenti Tokayev Ostona nomini Nursultonga o‘zgartirishni taklif etdi

Bugun ertalab Qozog‘iston fond birjasida amerika valyutasi kursi 1,64 tangaga oshib 378,04 tangani tashkil qildi.

Kurs o‘sishi unchalik  katta bo‘lmasada, lekin xorijiy valyuta sotib olish hajmi keskin oshdi.  19 mart kuni Qozog‘iston valyuta birjasida 72 million dollar almashtirilgan bo‘lsa, bugun 255 million dollar almashtirilgan.

Sputnik Qozog‘iston muxbiri, bugun ertalab Olma-Ota shahridagi bir necha valyuta ayrboshlash shaxobchalarida dollar yo‘qligiga shaxsan amin bo‘lgan. Bir qator banklarga telefon orqali murojaat qilgan muxbir ham xuddi shunday javob olgan.