Osmondagi sirli “tuynuk” BAA aholisini cho‘chitdi

Guvohlardan birining Twitter᾽da joylashtirgan videosida harakat qilmaydigan halqa aks ettirilgan.
Sputnik

TOShKENT, 19 mar - Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklarining El-Ayn shahri aholisi ajoyib atmosfera hodisasining guvohi bo‘lishdi.

Guvohlardan birining Twitter᾽da joylashtirgan videosida harakat qilmaydigan halqa aks ettirilgan. Uning rangi atrofdagi bulutlarga qaraganda qoramtirroq.

“Teshik bulut”, - deya yozgan video muallifi.

Ushbu video qizg‘in muhokamaga sabab bo‘ldi. Ba’zilar bu hodisa atrof-muhitning salbiy o‘zgarishi tufayli sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin, deya o‘z qo‘rquvlarini yashirishmadi. Boshqalar esa Yerga o‘zga sayyoraliklar tashrif buyurgani bo‘lishi mumkin, degan taxminni o‘rtaga tashlashdi.

Keyinchalik izohlarda bu kabi “tuynuklar” samolyot bulutlar orasidan uchib o‘tganda haroratning bir-biridan farq qilishi sababli paydo bo‘lishi mumkinligini tushuntirishdi.