TOShKENT, 19 mar – Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga, 2018-2021 yillarda moddiy bazasini yangilash dasturiga asosan, yangi texnika va transport vositalari topshirildi, deb xabar qilmoqda muassasa matbuot xizmati.
Yangi texnikani topshirish marosimi Chirchiq poligonida bo‘lib o‘tdi. Unda Mudofaa vazirligiga 200 dan ortiq harbiy texnika topshirildi. Qayd etish joizki ushbu texnik vositalar orasida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan UzAuto Trailer, KamAZ va SamAuto kompaniyalari mahsulotlari bor.
Mudofaa vazirining ta’minot bo‘yicha o‘rinbosari Oybek Ismoilov aytishiga qaragandan, bugun topshirilgan texnikalar – bu hali rejalashtirilayotgan yangilash dasturining kichik bir qismidir. Kelajakda O‘zbekiston Qurolli kuchlarini eng yangi va eng zamonaviy bronetexnika vositalari, qurol-aslaha va havo mudofaasi vositalari bilan jihozlash rejalashtirilgan.