Botir Zokirov fondi ijrochilar tanlovi e’lon qildi

Konkurs hay’atiga O‘zbekiston Xalq artisti Farrux Zokirov raislik qiladi.
Sputnik

TOShKENT, 19 mar – Sputnik. Botir Zokirov fondi O‘zbekiston bo‘yicha professional qo‘shiq ijrochilari orasida tanlov e’lon qildi, deb yozmoqda Nuz.uz nashri.

Tanlovda  20-45 yoshli, musiqa sohasida maxsus ta’limga ega bo‘lgan, O‘zbekistonda doimiy yashab turgan professional ijrochilar ishtirok etishi mumkin. Mukofotlar fondi - 22 million so‘mni tashkil qiladi. Undan 1 o‘ringa – 10 mln so‘m, 2 o‘ringa - 7 mln so‘m va 3 o‘ringa – 5 mln so‘mi beriladi.

Botir Zokirov yubileyi sharafiga kim oshdi savdosi o‘tkaziladi

Tanlovning birinchi bosqichida ijrochilar komissiya talabiga ko‘ra 1-2ta qo‘shiq ijro etib berishlari kerak bo‘ladi. Bosqich yakuniga ko‘ra, hay’at a’zolari  14 kishini tanlab olishadi.

O‘zbekiston Konservatriyasining katta zalida 26-27 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan final bosqichda ishtirokchilar estrada-simfonik musiqasi jo‘rligida xorijiy xit qo‘shiq hamda Botir Zokirov repertuaridan qo‘shiq kuylab berishlari kerak bo‘ladi.

Ushbu tanlov Botir Zokirov fondi, “Navo” telekanali hamda Davlat filarmoniyasi hamkorligida tashkil qilingan.  

Tanlovda ishtirok etish uchun 2019-yilning 8-apreliga qadar simfonikorkestri@mail.ru elektron pochta manziliga qisqacha rezume va o‘zi ijro etgan 1-2ta qo‘shiq yozuvini yuborish kerak. Konkurs hay’atiga O‘zbekiston Xalq artisti Farrux Zokirov raislik qiladi.