Bank xodimlari fuqarolarning plastik kartochkalaridagi pullarini o‘g‘irlagani fosh bo‘ldi

Xorazm viloyatida bankning bir guruh mansabdor shaxslari ushbu bank mijozi hisoblangan 15 nafar fuqarolarning bank plastik kartochkalaridagi pullarni 2-yil davomida o‘zlashtirib kelgan.
Sputnik

TOShKENT, 19 mar - Sputnik. Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi banklardan birining bir guruh mansabdor shaxslari ushbu bank mijozi hisoblangan 15 nafar fuqarolarning bank plastik kartochkalaridagi pullarni o‘zlashtirib kelgan. Bu haqda Xorazm viloyat IIB matbuot xizmati xabar qildi.

“Uddaburon” jinoyatchi ketchup yordamida pensionerlar pulini o‘g‘irladi

Xabarda yozilishicha, mazkur mansabdor shaxslar 2-yil davomida jami uch million so‘mdan ortiq pullarni mijozlarning login va parollaridan foydalangan holda talon-taroj qilib kelgan. 

Mijoz ishonchini oqlay olmagan yuqoridagi bank xodimlariga nisbatan O‘zbekiston JK 169-moddasi 3-qismi (“O‘g‘irlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.