Poroshenko Qrimni Ukrainaga qaytarishini va’da qildi

Poroshenko prezident saylovidan so‘ng hech qanday shartlarsiz Qrimni Ukrainaga qaytarishini va’da qildi.
Sputnik

TOShKENT, 18 mar – Sputnik. Potr Poroshenko prezident saylovidan so‘ng hech qanday shartlarsiz Qrimni Ukrainaga qaytarishni va’da qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Ukraina hech qanday savdo va yashirish shartnomalarga rozi bo‘lmaydi va Qrim Ukrainaga qaytariladi. Biz buni prezident saylovidan so‘ng tezroq amalga oshirish uchun qo‘limizdan kelgan hamma ishni bajaramiz”, - deb yozgan o‘zining Facebookdagi sahifasida Ukraina prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, Ukrainada prezident saylovlari 31-mart kuni bo‘lib o‘tadi. Ayni damda prezidentlikka 39 kishi da’vo qilmoqda. Saylovoldi reytinglar bo‘yicha 1 o‘rinda – aktor Zelenkiy, Poroshenko – 20% ovoz bilan 2 o‘rinda.

Ma’lumot uchun, bugun Qrim yarim orolining Rossiyaga qo‘shilganining 5-yilligi tantanali nishonlanadi. Ushbu munosabat bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sevastopol shahriga tashrif buyuradi.