IIBB yangi formali kiyim-bosh haqida aholi fikrni bilmoqchi

Bugun ertalabdan Toshkentda eksperimental yangi forma kiygan bir necha YPX xodimlari paydo bo‘lgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 17 mar - Sputnik. Bugun ertalabdan Internetda YPX inspektorlarning yangi formasi haqida habarlar paydo bo‘lgan edi. Toshkent IIBBda ushbu xabarni tasdiqlashdi.

“Tajriba davomida formali kiyim-boshning chidamliligi, tez kir bo‘lmasligi va harakatlanganda qulayligi tekshirilmoqda”, - deyilgan IIBB xabarida.

Shuningdek, yangi kiyim-bosh tanlashda fuqarolar fikrlari ham hisobga olinadi, deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Toshkent shahar IIBB rahbari Rustam Jo‘rayev yaqin oylar ichida ichki ishlar xodimlarining jamoatchilikka yangi formali kiyim-bosh taqdim etadi degan xabarlar paydo bo‘lgan edi.