Facebook Yangi Zelandiya terakti aks etgan video tarqalishini oldini oldi

Terakt bo‘lib o‘tganidan so‘ng birinchi 24 soat ichida Facebook 1,5 millionta videolavhani o‘chirib tashladi.
Sputnik

TOShKENT, 17 mar - Sputnik. Facebook Yangi Zelandiyaning Kraystchorch shahridagi terakt aks etgan 1,5 millionta videoyozuvni o‘chirib tashladi, deb xabar qildi kompaniyaning Yangi Zelandiyadagi vakili Miya Garlik, RIA Novosti xabariga asosan.   

“Birinchi 24 soat ichida biz butun dunyoda ushbu hujum aks etgan 1,5 million yozuvlarni o‘chirib tashladik. Ulardan 1,2 milliontasi yuklash vaqtida blokirovka qilindi”, - deyilgan xabarda.

Kompaniya vakili aytishiga qaraganda zolimlik aks etgan videolavhalarni o‘chirib tashlash uchun Facebook xodimlari 24 soat davomida to‘xtovsiz ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, juma kuni Yangi Zelandiyaning Kraystchorch shahri masjidlarida bo‘lib o‘tgan teraktda 50 kishi qurbon bo‘ldi, yana 50dan ortiq kishi jarohatlandi. Terrorchilar qilayotgan ishlarini Facebookda translyatsiya qilishgan.