Qozog‘iston O‘zbekistonga sputnik yaratishni taklif qilmoqda

Ushbu loyiha Markaziy Osiyoning beshta mamlakatidan har biriga qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotning boshqa sektorlarini rivojlantirish uchun o‘z monitoringini olib borishga yordam beradi.
Sputnik

TOShKENT, 16 mar - Sputnik. Qozog‘iston Markaziy Osiyo mamlakatlariga yerni masofaviy zondlash uchun beshta sputniklardan iborat guruhni tashkil etishni taklif qilmoqda. Bu haqda RIA Novosti Qozog‘iston Bosh vazir o‘rinbosari Jenis Qosimbekka tayangan holda xabar qilmoqda.

Qozog‘iston O‘zbekistonda neft quvuri qurishni rejalashtirmoqda

"Biz konkret regional loyihani taklif qilmoqdamiz, ya’ni, yerni masofaviy zondlash uchun beshta sputnikdan iborat guruhni tashkil etishni taklif qilmoqdamiz, bu guruhda har bir mamlakatga bittadan sputnik tegishli bo‘ladi", - dedi Qosimbek forumda chiqishi davomida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu loyiha Markaziy Osiyoning beshta davlatidan har biriga qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va iqtisodiyotning boshqa sektorlarini rivojlantirish uchun o‘z monitoringini olib borishga imkon yaratadi.

"Kelajakda bu takliflarni tahlil qilish va o‘rganish uchun barcha mamlakatlarga yo‘llashga tayyormiz", - degan Qosimbek.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda juma kuni Markaziy Osiyoning beshta davlati hukumat delegatsiyalari ishtirokida birinchi Markaziy Osiyo iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tgan edi.