Qo‘ltiqtayoqda Toshkentga safar: Dima Bilanni o‘zbek oshi bilan davolashadi

Dima Bilan qanday qilib Toshkentga kelgani va eng mazali oshni tanavvul qilganini bilan bizning lavhamizda tanishing.
Sputnik

TOShKENT, 15 mar - Sputnik. O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahriga estrada yulduzlarining tashriflari davom etmoqda. Qo‘ltiqtayoqda bo‘lgan Dima Bilan ham Humo Arena muz saroyining ochilish marosimini o‘tkazib yubormaslik uchun Toshkentga yetib keldi.

U o‘zining Instagram sahifasiga qanday qilib aeroportdan qo‘ltiqtayoqda chiqayotgani tasvirlangan suratni joyladi.

Qo‘ltiqtayoqda Toshkentga safar: Dima Bilanni o‘zbek oshi bilan davolashadi

Hozirda Bilan mehmonxonda dam olmoqda va uni mazali osh bilan mehmon qilishganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentga bugun allaqachon Filipp Kirkorov va Nikolay Baskov tashrif buyurishdi. Ularni qirollardek kutib olishganlardidan hayratda ekanliklarini yashirishmadi.

Sputnik O‘zbekiston voqealar rivojini kuzatib bormoqda.