“Qirollardek va Maybach᾽da kutib olishdi”: Kirkorov va Baskov Toshkentda

Sputnik O‘zbekiston “Humo arena” muz saroyining ochilish marosimiga tashrif buyurayotgan yulduzlarni kuzatib bormoqda. Toshkentga birinchilardan bo‘lib Filipp Kirkorov va Nikolay Baskov kelishdi.
Sputnik

TOShKENT, 15 mar - Sputnik. Bugun Toshkentda Humo Arena muz saroyining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Saroyning ochilish marosimida ko‘plab Rossiya sport va estrada yulduzlari ishtirok etishadi.

Sputnik O‘zbekiston “Humo arena” muz saroyining ochilish marosimiga tashrif buyurayotgan yulduzlarni kuzatib bormoqda. Yulduzlar Toshkentdagi o‘zlarining ilk taassurotlari bilan o‘rtoqlashmoqdalar.

“Qirollardek va Maybach᾽da kutib olishdi”: Kirkorov va Baskov Toshkentda

Tabiiyki, Toshkentga birinchilardan bo‘lib Filipp Kirkorov va Nikolay Baskov yetib kelishdi.

Rossiya estradasi yulduzlari o‘zlarining Instagram sahifasida ularni juda iliq kutib olishganini aytishdi.

Eslatib o‘tamiz,Humo Arena ochilish marosimi 15-mart kuniga belgilangan. Ochilish marosimiga O‘zbekiston prezidenti, vazirlar va hokimlar, diplomatik korpus vakillari, bir qator nufuzli xorijiy mehmonlar, taniqli xokkeychi va figurali uchuvchilar, jurnalistlar va estrada yulduzlari taklif qilingan.