TOShKENT, 15 mar - Sputnik. Tesla kompaniyasi Model Y elektromobilni taqdim etdi. Kompaniya saytida buyurtma berish mumkin, deya xabar qilmoqda The Wired.
“U SUV xususiyatlariga ega, biroq sportkar kabi harakat qiladi”, - dedi Ilon Mask taqdimot marosimida.
Yangi avtomobil bir quvvatlanishda 482 km masofani bosib o‘tish qudratiga ega.
Elektrokar 3,5 soniya ichida tezligini soatiga noldan 96,5 kmgacha yetkaza oladi.
2020 yilning kuz oyidan Model Y᾽ 47 ming dollar narxda sotila boshlaydi. Qudratliroq versiyalarini esa 60 ming dollargacha sotib olishning imkoni bo‘ladi.
2021 yilda bir quvvatlanishda 370 kmni bosib o‘tuvchi eng arzon versiya sotuvga qo‘yiladi. Bu elektrkarni 39 ming dollarga sotib olsa bo‘ladi. U 5,9 soniya ichida tezligini 96,5 kmgacha yetkaza oladi.