"Butun O‘zbekistonga avvalo baxt, salomatlik va muhabbat tilayman. Hamma konkiga, hamma sportga, degan bo‘lardim. Barcha-barchaga sport bilan shug‘ullanishni, sport zalga qatnashni tilayman. Chunki salomatlik – bu hayot, bu harakat, bu quvvat, bu ajoyib kayfiyat. Bu maqsadlar… Mening fikrimcha, sport odamlarni birlashtiradi va cheksiz pozitiv tuyg‘ularni baxsh etadi”, - dedi Tatyana Navka.
Aytgancha, Humo Arena muz saroyining ochilish marosimi oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Tatyana Navkaga mahalliy NAESMI rahbari tomonidan arena emblemasi tushirilgan zarhal chopon sovg‘a qilishdi. Choponni kiyib ko‘rgan Navka o‘z xursandchiligi va hayratini yashirmadi. Hatto darhol Instagram sahifasiga joylashtirish uchun suratga ham tushdi.