Rossiya "oltin ovozi" O‘zbekiston primadonnasiga chiroyli kompliment qildi

Toshkentda hashamatli "Humo Arena"sining tantanali ochilish marosimida Rossiya estradasining eng yorqin yulduzlari ishtirok etdi
Sputnik

TOShKENT, 15 mar - Sputnik. Rossiya estrada va opera yulduzi Nikolay Baskov Toshkentda "Humo Arena" sport majmuasining ochilish marosimida boshlovchilik qildi va tantanali marosimning asosiy qismi yakunlangach, o‘zbekistonlik muxlislarini "xit" bo‘lgan taronalari bilan xushnud etdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Mirziyoyev Tatyana Navka, Pavel Bure va Rossiyaning boshqa sportchilariga Toshkentdan uy berdi

Baskov kecha davomida O‘zbekiston haqida iliq gaplari va maqtovlarini aslo ayamadi. Xususan, mamlakat prezidentiga taklif uchun cheksiz minnatdorlik bildirdi va mamlakatda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga yuksak baho berib, ijobiy o‘zgarishlarga bosh-qosh bo‘layotgan O‘zbekiston prezidentiga sog‘lik, zafarlar tiladi. 

U shuningdek, "Humo Arena"sining ochilishiga tashrif buyurgan Rossiya estradasi "pop-qiroli" Filipp Kirkorov bilan birgalikda "Ibitsa" duetini kuylagach, Filipp bilan azaldan qadrdon ekanini, o‘rtalaridagi do‘stlik kun sayin mustahkamlanib borayotganini, O‘zbekiston va Rossiya xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari ham mana shunday mustahkam bo‘lib boraverishini tiladi.

Yulduz Usmonovaning chiqishidan keyin, Baskov O‘zbekiston primadonnasiga chiroyli kompliment qildi.

"Betakror Yulduz Usmonova, siz qo‘shiq kuylaganingizda, men xuddi o‘zbek palovini tanovvul qilayotgandek bo‘laman", - dedi Baskov va O‘zbekiston xalq artisti Blduz Usmonovani o‘pib, olqishlab qo‘ydi.

Rossiya "oltin ovozi"ning o‘zbek san’atkoriga bu xushomadi zalda gulduros qarsaklar bilan qarshi olindi.